
Sanoat muhandisligi va menejmenti · bakalavriat 2026
Zavodni boshqaradigan muhandis bo‘lish orzuingizniXalqaro Nordik universitetida amalga oshiring!
Ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, sifatni nazorat qilish, xarajatlarni kamaytirish va jamoani boshqarishni o‘rganing.
4 yil13 mln so‘m/yil4 qismga bo‘lib to‘lash
Sanoat muhandisi nima qiladi?
Oddiy qilib aytganda, korxona qanday qilib tezroq, sifatliroq va kamroq xarajat bilan ishlashini tashkil qiladi.
Jarayon
Ishlab chiqarish jarayonidagi ortiqcha vaqt va harakatlarni topadi.
Tahlil
Ma’lumotlar orqali qayerda muammo borligini aniqlaydi.
Sifat
Brak sabablarini topadi va sifatni yaxshilaydi.
Boshqaruv
Jamoa, smena va ishlab chiqarish rejasini boshqaradi.
Ya’ni siz faqat detal yoki uskuna bilan emas, butun ishlab chiqarish tizimi bilan ishlaysiz.
Nega aynan sanoat muhandisligi?
O‘zbekistonda har yili yangi zavodlar ochilmoqda. Har biriga jarayonni tushunadigan va odamlarni boshqaradigan muhandis kerak.


Muhandislik + menejment
Texnik jarayonni tushunasiz va shu jarayonda ishlaydigan jamoani boshqarishni o‘rganasiz.
Faqat nazariya emas
3-kursdan real ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot.
Bir nechta kasb yo‘li
Production engineer, keyin process engineer, quality engineer va production manager.
Kasbda o‘sish yo‘li
Har bosqich aniq: nima qilasiz va keyingi pog‘onaga nima olib chiqadi.
Ishlab chiqarish muhandisi (junior)
Texnologik jarayonni kuzatish, hisobotlar, kichik yaxshilashlar. 3-4-kursda amaliyotdan boshlanadi.
Jarayon yoki sifat muhandisi
Sifat nazorati, brak tahlili, jarayonni optimallashtirish, Lean loyihalar.
Sex yoki bo‘lim rahbari
Smena va jamoa boshqaruvi, reja va byudjet, xavfsizlik.
Ishlab chiqarish direktori
Zavod strategiyasi, investitsiya, yangi liniyalarni ishga tushirish.
4 yil, 4 bosqich
Har kurs oxirida real ko‘nikma: chizma, texnologiya, jarayon, loyiha.
- Oliy matematika
- Fizika
- Muhandislik grafikasi (CAD)
- Iqtisodiyot asoslari
- Ingliz tili
CAD da detal chizmasini o‘qib va chiza olasiz.
Narx sahifada,suhbatda emas
Yillik kontrakt 4 qismga bo‘lib to‘lanadi. Yashirin to‘lovlar yo‘q.
- chorakka
- 3 250 000
- oyiga hisoblaganda
- 1 083 333
- O‘qish muddati
- 4 yil
Yillik kontrakt 4 qismga bo‘lib to‘lanadi. Payme, Click, Xazna yoki bank o‘tkazmasi. Yashirin to‘lovlar yo‘q.
Boshqa yo‘nalishlar bilan taqqoslang
| Yo‘nalish | Yillik | Oyiga | Muddat |
|---|---|---|---|
| Iqtisodiyot | 20 mln | 1 666 667 | 4 yil |
| Turizm va mehmondo‘stlik | 16 mln | 1 333 333 | 3 yil |
| Sanoat muhandisligi va menejmentiTanlangan | 13 mln | 1 083 333 | 4 yil |
Diplom darajasi bir xil. Jadvaldagi eng past yillik kontrakt.
3 ta savol, 20 soniya
Javoblarga qarab qaysi yo‘l sizga yaqinroq ekanini aytamiz.
1 / 3
Sizga nima yaqinroq?
Uch qadam,hammasi onlayn
Universitetga kelish shart emas. Telefon va pasport yetarli.
Yo‘nalishni tanlash. Siz shu yerdasiz.
Bajarildi
Telefon raqam
SMS kod keladi. Parol o‘ylab topish shart emas.
1 daqiqa
Pasport va shakl
Pasport rasmi yetarli. Kunduzgi yoki kechki shaklni tanlaysiz.
3 daqiqa
Onlayn imtihon va shartnoma
Imtihon uyda topshiriladi, natija darhol chiqadi.
Natija darhol
Hujjat qabuli 30-sentabrgacha
Xususiy universitetlarga qabul mavsumi sentabr oxirida yopiladi. Oktabrdan talabalar ro‘yxatiga qo‘shish to‘xtaydi.
- Imtihondan o‘tmasangiz, qayta topshirish mumkin
- Yo‘nalish va shaklni shartnomagacha o‘zgartirish mumkin
- To‘lovgacha hech qanday majburiyat yo‘q
Ko‘p so‘raladigan savollar
Javob topolmasangiz, qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegramda yozing.

“Nordic 2022-yilda to’rt nafar asoschi tomonidan tashkil etilgan. Maqsad bitta: Finlandiya ta’limini O’zbekistonga olib kelish.”
Pasport (yoki ID karta) va o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat. Hammasi kabinetga yuklanadi.
O‘rinlar kam qoldi.Birinchi guruhga hozir kiring.
Ariza 2 daqiqa. Imtihon uyda. Shartnoma onlayn.
Ariza bepul. Shaklni shartnomagacha o‘zgartirish mumkin.






